RoleReady
NarxlarIlova

UZDEEN

Huquqiy

Hisobni o'chirish

Oxirgi yangilanish: 2026-11-21

Mundarija

  1. Ilovada
  2. Ilovasiz
  3. Nima o'chiriladi
  4. Nima qoladi
  5. Faol obuna

RoleReady hisobingizni va unga tegishli ma'lumotlarni qanday o'chirish mumkin — ilovada yoki ilovasiz.

1Ilovada

  • RoleReady'ni oching va «Profil»ga o'ting.
  • Pastdagi «Hisobni o'chirish»ni bosing va tasdiqlang.
  • Darhol hisobdan chiqasiz; hisobga endi hech kim kira olmaydi.

2Ilovasiz

Hisobingiz pochtasidan (Google yoki Apple orqali kirsangiz — o'sha hisobning pochtasidan) support@mardontech.uz manziliga «Hisobni o'chirish» mavzusi bilan yozing. Pochta sizniki ekanini tekshiramiz, hisobni 7 kun ichida o'chiramiz va sizga javob yozamiz. Apple orqali kirib, pochtangizni yashirgan bo'lsangiz, bizda faqat Apple'ning yo'naltiruvchi manzili bor: unda hisobni ilovada o'chirish eng oson, yoki bizga yozing — hisob sizniki ekanini qanday tekshirishni siz bilan kelishib olamiz.

3Nima o'chiriladi

Hisobingiz, kirish usullari va sessiyalar, sozlamalaringiz, suhbat tarixi, siz xabar bergan tarjimalar, saqlangan nemischa xatolaringiz, saqlangan hujjatlaringiz rasmlari bilan va Telegram bog'lanishi. Kirish usullari, sessiyalar, hujjatlar va Telegram bog'lanishi — darhol, qolgani — 30 kun ichida. Apple orqali kirgan bo'lsangiz, Apple'da RoleReady uchun Apple orqali kirishni ham to'xtatamiz. Ovoz esa umuman saqlanmaydi.

4Nima qoladi

  • To'lovlar yozuvlari (summa, valyuta, tarif, mamlakat): soliq qonunchiligi talab qilgancha.
  • Sinov ikkinchi marta berilmasligi uchun ilova o'rnatilishi va Google yoki Apple hisobining xeshlari; ular orqali sizni aniqlab bo'lmaydi.
  • Ismsiz sonlar, masalan tayyor iboralardagi gap necha marta eshitilgani.

5Faol obuna

roleready.uz (Paddle) orqali olingan obunani hisob o'chirilganda o'zimiz to'langan davr oxirida to'xtatamiz. Google Play yoki App Store'dan olingan obunani esa avval do'konning o'zida bekor qiling — Google Play'da «Obunalar» bo'limida, iPhone'da Sozlamalar → ismingiz (Apple ID) → Obunalar bo'limida —, chunki hisobni o'chirish uni u yerda to'xtatmaydi.

RoleReadyDeutsch · Oʻzbek
RoleReady

Germaniyada yashovchi va ishlovchi o'zbeklar uchun ovozli tarjimon: telefon ikkingizning o'rtangizda, har kim o'z tilida gapiradi.

Mahsulot

Bosh sahifaNarxlarIlova

Huquqiy

Foydalanish shartlariMaxfiylik siyosatiTo‘lovni qaytarishAloqa va ma'lumotlarHisobni o'chirish

Til

O'zbekchaDeutschEnglish

© 2026 MARDONTECH MChJ · support@mardontech.uz

MARDONTECH mahsuloti